Özbekistonda kuz fasli boşida ob-havo odatda quruq va kam bulutli böladi. Tunlari havo salqinlaşadi, ertalab esa tetiklik baxş etadi, kunduzi deyarli yozdagidek isib ketişi mumkin.

«Özgidromet» xabariga köra, bu yil kuz noodatiy boşlandi. Sentyabrning birinçi kuniyoq respublika ayrim joylarida qisqa muddatli yomğir yoğib, harorat 25-28 darajagaça tuşib ketdi. Bu yilning şu davri uçun xos bölgan haroratdan 3-5 darajaga pastdir. Keyinçalik Volgaböyi hududlaridan nisbatan salqin havoning kirib turişi sababli harorat şunday saqlanib turdi.

Yangi hafta avvalida, duşanba kuni ob-havo keskin özgaradi. Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Farğona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda yomğir yoğişi mumkin, kunduzgi havo harorati 17-22 darajagaça tuşadi. Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yomğir yoğiş ehtimoli kamroq, harorat ham biroz — 20-25 darajagaça pasayadi. Qoraqalpoğistonda va Xorazm viloyatida yoğingarçilik kutilmaydi.

Sentabr oyi va ayniqsa uning birinçi yarmida haroratning bunday keskin pasayişi uzoq davom etmaydi. Seşanbadan boşlab yana yoğingarçiliksiz ob-havo böladi, faqat Farğona vodiysi viloyatlarida yomğir yana bir kunga çözilişi mumkin. Tungi va ertalabki soatlarda ança salqin — harorat 8-11 daraja böladi, kunduzgi harorat kötarilib boradi, lekin şunga qaramasdan iqlimiy me'yorlardan past böladi.

Dam oliş kunlari qanday ob-havo kutilyapti?