Jizzax viloyatidagi Tuzkon köli yaqinida atom elektr stansiyasi qurilişi uçun tanlangan maydon Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) talablariga deyarli töliq javob beradi. Bu haqda «ÖzGAŞKLITI» DUK direktori Yöldoş Ma'rupov ma'lum qildi.

Ayni paytda Rossiyaning «Atomstroyeksport» korxonasi va «ÖzGAŞKLITI» DUK mutaxassislari mazkur hududda geofizik va seysmologik işlarni olib bormoqda.

«Biz har biri 250 sahifa bölgan 18 jilddan iborat hisobotni taqdim etdik. XAEA talablarida AES qurilişini söroq ostiga qöyadigan 15 ta «noqulay omil» körsatilgan. Bizning maydonimiz esa dunyoda kamdan-kam uçraydigan maydon hisoblanadi – u 14ta omildan butunlay xoli hudud», – dedi Ma'rupov.

Foto: Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati 

Yana bir omil – yer yuzasidan 6-12 metr pastda joylaşgan yerosti suvlari esa muhandislik uslubi yordamida osonlik bilan hal etiladi, deb qöşib qöydi u.

Foto: Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati 

Tekşiruvlar natijalari örganib çiqiladi va ular asosida atom elektr stansiyasining texnik loyihasini işlab çiqiş davom ettiriladi.