Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makgregor Nurmagomedov bilan Moskvada revansh jang o‘tkazmoqchiligini aytdi
UFC’ning sobiq jahon chempioni irlandiyalik Konor Makgregor Moskvada rossiyalik yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedovga qarshi revansh jang o‘tkazmoqchi. Bu haqda sportchi tvitterda yozgan.
“Menga Moskvada revansh tashkillashtiring”, deb yozgan Makgregor Nurmagomedovning amerikalik jangchi Dastin Pore ustidan g‘alabasidan keyinoq.
Biroq irlandiyalik ushbu postiga aksar mazaxona izohlar olgan. Foydalanuvchilar uning rossiyalikka qarshi oktagonda munosib qarshilik ko‘rsata olishiga shubha bildirishgan. Shuningdek, irlandiyalikka uning brendi ostida ishlab chiqariluvchi viskini ichishdan bosh tortgan keksa kishini urgani ham eslatib qo‘yilgan.
7 sentyabrda Nurmagomedov Abu-Dabidagi musobaqa doirasida Porega qarshi o‘tkazgan jangida o‘z kamarini ikkinchi marotaba himoyalay oldi. U raqibiga qarshi 3-raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llab, jangni muddatdan avval tugatgan. Rossiyalik sportchi kamarining birinchi himoyasini aynan Makgregorga qarshi jangda o‘tkazgan hamda raqibini 4-raundda mag‘lub eta olgandi.
Mavzuga oid
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
10:59 / 24.01.2021
UFC 257. Markaziy jangda Pore Makgregorni nokautga uchratib, revansh oldi
19:10 / 29.11.2019