Bugun, 7 sentabr kuni Özbekiston yozuvçilar uyuşmasi binosida «Vatan uçun yaşaylik» nomli tanlov ğoliblarini taqdirlaş marosimi ötkazildi.

Mazkur tanlov Özbekiston yozuvçilar uyuşmasi tomonidan respublikada amalga oşirilayotgan islohotlar, vatanparvarlik, zamondoşlarning siymolari aks ettirilgan şe'riy, nasriy, bolalar adabiyoti va badiiy-publitsistik yönalişdagi sara asarlar uçun ötkazilgan edi.
Yakunda hay'at a'zolari tomonidan tanlovga kelib tuşgan 56 nafar muallifning özbek, qoraqalpoq va rus tillaridagi 102ta asari baholandi va ular içida ğoliblar aniqlandi.
Kun.uz muxbiri ma'lumotiga köra, tanlovning yakuniy natijalari quyidagiça köriniş olgan:

1-örin:
1. Omon Matjon – «El birla böl» şe'riy kitobi uçun;

2-örin:
1. Abduqayum Yöldoşev – «Osmon oğuşi» qissalar va hikoyalar töplami uçun;
2. Nodir Jonuzoq – «Söz» dostoni uçun;
3. Çorşam Röziyev – «Oşiqlik» ğazallari töplami uçun;

3-örin:
1. Sağinbay Ibragimov – qoraqalpoq tilidagi «Tanlangan asarlar» şe'riy kitobi uçun;
2. Qozoqboy Yöldoş – «Söz yolqini» va «Oçiqsöz» adabiy-tanqidiy maqolalar töplamlari uçun;
3. Ötkir Rahmat – «Yillar oralab» şe'riy töplami uçun.














