Jamiyat, adabiyot, xususan, özbek adabiyoti, uning tahlillari yuzasidan qator suhbatlar uyuştirib, öquvçilar e'tiboriga havola etib kelayotgan Kun.uz’ning navbatdagi suhbatdoşi özbek adabiyotining taniqli vakillaridan biri, adib Murod Muhammad Döst böldi.
Suhbat davomida sayt muxbiri tomonidan 1991 yilda Prezident qarori bilan Özbekiston Milliy Axborot agentligi faoliyati yölga qöyilgani, öşa paytda Özbekistonda OAV erkin bölgani, söz erkinligiga taqiq yöq edi, degan fikrlar hozir ham köp aytilişi va keyinçalik özbek OAVlarida söz erkinligi qanday jarayon va maqsadlar bilan çeklangan edi, axir, OAV erkinligi davlat rivojiga hissa qöşişi kunday ravşan-ku. Bu nimadan boşlangan edi, mazmunida savol berilgan.
- «U zamonda eyforiya bor edi. Yodimda bor, radioda “Oqşom tölqinlarida” degan eşittiruv bölardi, şuni odamlar intiqlik bilan kutardi. Ular hamma muammolarni oçiq gapirardi. Televideniyeda ham dadil körsatuvlar bölardi. Bugun “muallif körsatuvi” deb maqtaladigan janr bizda öşa paytlarda ham mavjud edi. Gazetalar bir-biri bilan bahslaşib, juda oçiq faoliyat yuritardi. Bu taxminan 1994 yilgaça davom etdi.
Keyin bir muddat valuta konvertatsiyasi boşlandi, iqtisod sekin-sekin izga tuşa boşladi. Lekin bor pulimiz taşqariga çiqib ketadi, quruq yerda qolamiz, degan vahimali gaplar bilan iqtisodiy erkinliklarga çek qöyildi. “Ana keldi”, “mana keldi” degan qörquv rahbariyat va jamiyat ongiga singdirildi. Mahdudlik paydo böldi. Matbuotning uni öçdi.
Oqibatda 100ga yaqin oila (klan) boyib oldi, konvertatsiya imkoniyatlari, binobarin, eksport va import degan narsalar faqat öşalarning manfaatiga xizmat qildi. Tabiiyki, iqtisodiy çeklaş mafkuraviy biqiqlikka olib keldi. Davlat kafolati berilgan yirik investitsiyalardan taşqari, mamlakatga kapital kiritiş imkoni yöqoldi.
Oqibatda adabiyot eskiça “zarbulmasal” uslubiga ötdi, matbuot esa... soxta xabarlarga ruju qöydi. Xalq orasida “Axborot” körsatuvini “Jannatdan xabarlar” deya nom olganini eslang... Bu ahvol davlat televideniyesida haliga qadar davom etyapti. Ularga erkinlik berildi, lekin erkinlikdan foydalanadigan odam topilmayapti. Blogosferada, xususiy matbuotda, internet naşrlarida rosmana söz erkinligi bor. Men şundan xursandman.
Bugun odam özining dardini emin-erkin ayta oladi. Birovga yoqiş-yoqmasligi mumkin, unga ham e'tiroz bildirişlari mumkin, lekin oçiq fikr aytiş imkoniyati bor. Bu katta gap. Bugun birorta ham voqea nazardan çetda qolmaydi. Hukumat ham köp narsalardan internet, blogosfera orqali boxabar böladi. Afsuski, jamiyatni boşqarişda analitik tadqiqotlar kam. Yaqinda “buzdi-buzdi” tufayli Xorazmdagi noxuş ahvol oşkor böldi. Boş vazir özi borib tinçitdi. Buzilgan uylar uçun 700-800 milliard atrofida “tovon” tölandi. Xullas, muammo ijobiy hal etildi. Lekin, bari bir, köngilda “quyqa” qoldi. Norozilikning oldini olsa bölardi-ku, nega yetilib kelayotgan ijtimoiy muammolar vaqtida örganilmaydi, degan savollar havoda muallaq qoldi.
















