Turkmaniston hukumati davlat naşrlari ustidan nazoratni kuçaytirişga qaror qildi, deb xabar berdi «Ozodlik» radiosining turkman xizmati.
Qayd qilinişiça, davlat xodimlari va talabalar mamlakat prezidenti Serdar Berdimuhamedov va uning oila a’zolari surati tuşirilgan «gazeta sahifalarini saqlab qoliş» haqidagi majburiyatni imzolagan.
Naşr ma’lumotlariga köra, mansabdor şaxslardan «rasmli gazeta va jurnallar sahifalarini saqlab qoliş» talab qilingan. Taqiqni buzganlik, masalan, gazetalarni örama sifatida işlatiş, olov yoqiş yoki hojatxona qoğozi sifatida foydalaniş oqibatida fuqarolar işdan böşatilişi mumkin.
Naşrning ta’kidlaşiça, davlat xizmatçilari va talabalar har yili davlat gazeta va jurnallariga obuna bölişga majburlanadi.
«Çegara bilmas muxbirlar» taşkilotiga köra, Turkmaniston matbuot erkinligi reytingida doimiy ravişda oxirgi örinlarda turadi. 2024 yilda mamlakat 180 mamlakat içida 175-örinni egalladi.













