Qrim tatar faollarini Rossiyadagi mahbuslikdan qutqariş Ukraina-Rossiya almaşuv muzokaralarining ikkinçi bosqiçi böladi, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy.

"Bu ikkinçi bosqiç böladi deb öylayman. Ikkinçi bosqiçda işlaymiz. U yerdagi barça odamlarimizni qaytaramiz. Ozod qilamiz, çunki Qrimda biznikilar köp", - dedi u.

Zelenskiyning fikriça, bu tez orada amalga oşadi.

"Biz bir yil, ikki yoki uç yil haqida gapirmayapmiz. Biz buni juda tez amalga oşirişni istaymiz. Biz buni orzu qilmoqdamiz va işlaymiz", - dedi u.

7 sentabr kuni Ukraina va Rossiya örtasida "35 ga 35" şaklida mahbuslar almaşildi.