Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aeroport va vokzallarda sayyohlar uchun planshet ijarasi yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston hududidagi aeroport, vokzal va sayyohlar gavjum joylarda xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun maxsus planshetlar ijarasi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, planshetlar aeroport va vokzallarning kutish zallarida sayyohlarning murojaatlariga ko‘ra berilmoqda. Ushbu planshetlarga O‘zbekistonga sayohat qilayotgan turistlar uchun zarur bo‘lgan barcha mobil ilovalar yuklangan.
2018 yilda O‘zbekistonga kelgan mehmonlar qulayligi uchun aeroport, vokzal va sayyohlar gavjum bo‘ladigan joylarda maxsus sim-kartalar sotuvi yo‘lga qo‘yilgan edi.
Rouming xizmati muqobili sifatida ishlab chiqarilgan bu sim-kartani faqat xorijiy fuqaro pasporti bilan xarid qilish mumkin.
Kelgusida sayyohlarga telefon apparati va mobil router ijaraga berish xizmati ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan, deyiladi Turizm qo‘mitasi xabarida.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026