Sönggi vaqtlarda «Göşt yana qimmatlabdimi?», degan savol köp yangramoqda. Mutaxassislarning fikriça, göşt organizm va oziq-ovqat ratsioni uçun eng kerakli mahsulotlardan biri hisoblanadi. Yoşi, jinsi, bajaradigan iş faoliyatiga qarab bir odam kuniga kamida 100 grammdan göşt iste'mol qilib turişi kerak. 100 gramm miqdoridagi göşt bilan inson organizmiga kerakli darmondori, oqsil, uglevod va mineral moddalar kirib turadi.
Bolalar taomnomasiga ularning yoşiga qarab kuniga 60-70 gramm göşt mahsuloti kiritilişi kerak. Göşt va göştdan tayyorlangan mahsulotlarda (göştli taomlar) imkon qadar yoği kamroq va aminokislotali tarkibi sifatliroq göştlardan foydalaniş lozim. Inson organizmining göşt mahsulotlari, oqsilga bölgan talabi katta. Oqsil moddasi kamligi esa kattalar va bolalarda turli kasalliklarga sabab böladi.
Bir söz bilan aytganda, inson organizmi uçun kunlik ratsionda albatta göşt bölişi kerak. Göşt qimmat bölsa, aholi uçun ma'lum qiyinçiliklar yuzaga keladi va uni xarid qilişga imkoniyat pasayadi.
Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarini aylanib, aholi har kuni iste'mol qiladigan göşt mahsulotlari narxi bilan qiziqdik. Şuni aytib ötiş lozimki, vodiyda göşt asosan mahalla guzarlaridagi qassobxonalar, dehqon bozorlardagi göşt pavilonlari va savdo dökonlarida sotiladi. Lahm va suyak aralaş kilolab sotiladi. Suyaksiz göştning narxi alohida.
Narxlar

Namangan viloyati hududida rözğorbop, kundalik olinadigan lahm va suyak aralaşgan göştning narxi 48-50 ming söm. Bozorlarda 45 ming söm. Bayram munosabati bilan taşkil qilingan yarmarkalarida 38 ming sömdan sotilmoqda.



Farğona viloyati tuman va şaharlarida narx 50 ming söm, bayram yarmarkalarida 38 ming söm. Qöqon şahrida esa 50-55 ming sömga çiqqan.

Andijon viloyati tuman va şaharlarida 48-50 ming söm. Dehqon bozorlarida narxni mö'tadil uşlaşga harakat qilişyapti. Pavilonlarda 40 ming söm atrofidagi narx yorliqlarini körasiz. Yarmarkalarda esa 35-38 ming söm.





















