Özbekistonlik yuk haydovçilari avtomobillarining 7 sentabr kuni Qozoğiston Respublikasining Atirau şahri hududida noma'lum şaxslar tomonidan toş otib şikast yetkazilganligi holati böyiça Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi rahbariyati vaziyatni nazoratga oliş va röy bergan holatga oydinlik kiritiş yuzasidan Özbekiston Respublikasining Aktau şahridagi boş konsuli bilan telefon orqali muloqot ötkazdi. 

Vazirlik xabariga köra, ayni damda uşbu holat Özbekiston Respublikasining Aktau şahridagi boş konsulligi nazoratiga olindi. Röy bergan hodisa yuzasidan tegişli çoralar köriş böyiça Qozoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi iş olib bormoqda.

7 sentabr kuni röy bergan hodisaga batafsil oydinlik kiritiş maqsadida jabrlangan haydovçilardan Özbekiston Respublikasining Aktau şahridagi boş konsulining + 7777 599 00 50 telefon raqamiga murojaat qilib, ariza qoldiriş söralgan.

“Hurmatli haydovçilar! Eslatib ötamiz, Aktau şahridagi Boş konsulxona konsullik okrugiga Qozoğistonning Aqtöbe, Atirau, Manğistau va Ğarbiy Qozoğiston viloyatlari kiradi”, - deyiladi xabarda.