MIB ma'lumotiga köra, 6 avgust kuni Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati Oltinköl tuman bölimiga “Parvoz Xumo Ravnaq Trans” MÇJ foydasiga qarzdor korxonadan qarz undiriş bilan boğliq Ğijduvon tumanlararo iqtisodiy sudining 4 avgustdagi ijro varaqasi kelib tuşgan.

MIB mazkur ijro hujjati böyiça özining qonuniy harakatlarini amalga oşirgan.

Qarzdor hisob raqamiga 2019 yil 20 avgustda Özbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida»gi Qonuniga köra inkassa topşiriqnomasi hamda undiruvni qarzdorning hisob raqamlaridagi pul mablağlariga qaratiş töğrisida qaror qabul qilinib, bank muassasasiga yuborgan.

Qarzdor korxona direktori yozma arizasiga köra qarzni tölaş uçun ijro harakatlari 10 kun muddatga keçiktirilgan.

Joriy yil 4 sentabr kuni ijro hujjatlarida undirilişi körsatilgan jami 1 mlrd. 484 mln. 67 ming söm mablağ undiruvçi “Parvoz Xumo Ravnaq Trans” MÇJga töliq undirilişi ta'minlangan.