11 sentyabrga ötar keçasi AQŞning Kobuldagi elçixonasi oldida kuçli portlaş yangradi. Bu haqda öz manbalariga iqtibos keltirgan holda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, portlaşdan keyin elçixonada signalizatsiya işga tuşgan. Ayni vaqtda qurbonlar yoki jabrlanganlar haqida ma'lumot yöq.
Ta'kidlanişiça, portlaşga raketa hujumi sabab bölgan.
Hozirça rasmiy şaxslardan uşbu voqea yuzasidan heç qanday izoh berilmagan. Hududda harakatlanuvçi ekstremistik guruhlardan birortasi hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmagan
Portlaş Tramp Kobuldagi boşqa bir terakt sababli 7 sentyabrda “Tolibon” yetakçilari hamda Afğoniston prezidenti bilan uçraşuvni bekor qilganini e'lon qilgandan keyin sodir etildi. Uçraşuv Kemp-Devidda 8 sentyabrda bölib ötişi kerak edi. Bundan taşqari, Tramp Afğonistonda tinçlikka erişiş böyiça muzokaralar ham töxtatilişini ma'lum qilgan.
Bunga javoban “Tolibon” AQŞ Afğonistonda yanada köproq qurbonlarga uçraşi bilan tahdid qilgan.
Ta'kidlaş joiz, hujum 11 sentyabrda “Al-Qoida”ning Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi binolariga hujumining 18 yilligida sodir etildi.

















