Hukumat tomonidan parlamentga kiritilgan körsatilgan qonun loyihasi birinçi öqişda şu yil 6 sentyabrda qabul qilindi. Qonunning yangi tahrirda qabul qilinişi mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy hayoti uçun eng muhim faoliyatdagi munosabatlarni har tomonlama hamda tizimli ravişda tartibga solişga imkon beradi.
Qonun naşriyotlar, işlab çiqaruvçilar, noşirlik mahsulotlarining mualliflari va tarqatuvçilarini tartibga solişni qamrab oladi. Qonunning muhim yangiliklaridan biri şundaki, u nafaqat noşirlik mahsulotlarining bosma nusxalarini, balki bizning hayotimizga tobora köproq kirib kelayotgan elektron naşrlarni ham işlab çiqarişni tartibga soladi.
Deputatlar kiritilgan hujjat loyihasini tanqidiy örganib çiqdilar va bir qator muhim takliflarni kiritdilar, ularning qabul qilinişi qonunni qöllaş samaradorligini sezilarli darajada oşiradi. Xususan, noşirlik sohasidagi xöjalik sub'yektlari faoliyatini liberallaştiriş, davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çoralarini kengaytiriş, içki bozor iştirokçilarining mualliflik huquqlarini himoya qiliş böyiça takliflar bildirildi.
Qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun Oliy Majlis Qonunçilik palatasining rasmiy veb-saytiga joylaştirildi. Parlament qömitasi ekspertlar va keng jamoatçilikning barça izohlarini töplaş hamda hisobga olişdan manfaatdor.












