Şri-Lanka poytaxti Kolomboda milliy bayram vaqtida buddaviylar ibodatxonasi yonida fil jazavaga tuşib, odamlarga hujum qildi.
Mahalliy OAV tomonidan namoyiş qilingan videoda bayramda iştirok etayotgan fil tösatdan yugurgilab, öz yölida uçragan odamlarni xartumi bilan har tomonga uloqtira boşlaganini köriş mumkin.
Reuters axborot agentligining xabar berişiça, voqea oqibatida 20 ga yaqin odam jarohat olgan.












