Avtomobil detallari ortilgan yuk samolyoti AQŞning Tolido şahri (Ogayo ştati) aeroporti yaqinida falokatga uçradi. Bu haqda WTVG mahalliy telekanal xabar berdi. 

Telekanal ma'lumotlariga köra, voqea mahalliy vaqt bilan soat 3 atrofida yuz bergan. Samolyotda ikki kişi bölgan, ularning taqdiri hozirça noma'lumligiça qolmoqda. 

Samolyot qulagandan keyin butkul yonib ketgan, voqea joyiga kelgan öt öçiruvçilar uni öçirişgan.

Aeroport xavfsizlik xizmati xodimlarining aytişiça, ular voqea yuz bergunga qadar samolyot ekipajidan falokat haqida signal olişmagan.