Ayni paytda Oliy Majlis Qonunçilik palatasida bir qator qonunlar ikkinçi öqişda deputatlar tomonidan körib çiqilişi uçun maromiga yetkazilayotgan bölsa, qonun taşabbusi huquqiga ega sub'yektlar tomonidan kiritilgan yana ayrim qonun loyihalari birinçi öqişda muhokama qiliş uçun mas'ul qömitalar tomonidan tayyorlanmoqda, deb yozadi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Alişer Hamroyev.
Qayd etilişiça, ulardan biri “Qöriqlaş va nazorat-litsenziyalaş faoliyatining takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi bölib, u Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunçilik taşabbusi huquqi asosida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi muhokamasiga kiritildi.
Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tarkibiga, muqaddam Içki işlar vazirligi tarkibida bölgan Qöriqlaş Boş boşqarmasi va uning bölinmalari, Patrul-post xizmati va Jamoat tartibini saqlaş Boş boşqarmasi, Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qöriqlaşni ta'minlaş böyiça alohida bataloni, Nazorat-ruxsat beriş faoliyati bölimi ötkazildi va bu öz navbatida Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartişlar kiritişni talab etadi.
Loyiha qonun taşabbuskori tomonidan quyi palataga kiritilganidan söng Mudofaa va xavfsizlik macalalari qömitasi tomonidan sohaga oid amaldagi qonun normalari örganildi, ekspertlar va mutaxacsislar fikr-mulohazalari olindi va qonun loyihasi birinçi öqişga tayyorlandi.
Loyiha bilan Milliy gvardiya harbiy xizmatçisi (xodimi)ning huquqbuzarliklar oldini oliş yönalişidagi vazifalari, ularning majburiyat va vakolatlari belgilanmoqda.
Ayni paytda qonun loyihasi barça siyosiy partiyalar fraksiyalari va Özbekiston Ekologik harakati deputatlik guruhiga taqdim etilgan bölib, ular tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olgan holda, Qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida birinçi öqişda körib çiqilişi rejalaştirilgan.












