Kun.uz tahririyati Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi hamda uning faoliyati, bugungi kunda mazkur sohada olib borilayotgan işlar, vujudga kelayotgan dolzarb masalalar va ularning yeçimlariga oid bir qator savollarga javob oliş maqsadida Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi Najmiddinxöja Şaripov bilan suhbat uyuştirdi.

Qömita raisi suhbat davomida bugungi kunda göşt narxi oşib ketayotganiga ham öz munosabatini bildirib ötdi.

«Özbeksitonda 4 200 000 (tört million ikki yuz ming) boş qoramol bor. Ularning 95 foizi, tasavvur qiling, aholi va kiçik fermer xöjaliklari tasarrufida. Sanoat işlab çiqarişi esa deyarli mavjud emas. Aynan öşa 5 foizi sanoat işlab çiqarişi hissasiga töğri keladi. Aholining ehtiyojidan kelib çiqib göşt mahsuloti asosiy oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Bozorlarimizda doim göşt bölişi kerak.

Bozorga kim göşt yetkazib beradi, kim tomonidan sotiladi? Albatta, yuqorida aytib ötganimdek, 95 foizi çorva qölida bölgan aholi va fermer xöjaliklari tomonidan. Sanoat işlab çiqaruvçilar esa asosan göştni öz ehtiyoji uçun işlatadi. Masalan, bular asosan kolbasa işlab çiqarişga yoki göştni qayta işlaşga yönaltiradigan korxonalar hisoblanişadi.

Biz hududiy boşqarmalarimizga göştning bozorgaça yetib boriş zanjirini örganiş maqsadida tegişli topşiriq berdik. Bu zanjirni örganiş jarayonida xonadonlarga ham fermer xöjaliklariga ham va sanoat işlab çiqaruvçilarga ham kirdik. Göşt yetkazib beruvçilarni ham örgandik. Masalan, bir xonadonning 10-20 boş qoramol bor, öz tomorqasi bor, tomorqasida beda, makkajöxori ekadi. Biz aynan göşt narxi oşgan vaqtda bordik. Nima uçun narx oşgani, nega qimmatga sotişayotgani haqida söradik.  «Bu yil yoğingarçilik köp böldi. Buning natijasida makkajöxori yetiştiriş yaxşi böldi. Aslida mol ma'lum bir oğirlikka yetganda sotib yuboramiz. Lekin biz bir-ikki oy uşlab şu ozuqani bersak, bizga qoramol 200-300 kg qöşimça hajm beradi. Şuning uçun hozir biz ozuqa bilan yaxşilab boqib olsak, qimmatroqqa sotiladi. Hozirça sotmay turibmiz», deb javob berişdi», deydi qömita raisi.

Najmiddinxöja Şaripovning ta'kidlaşiça, göşt qimmatlaşişiga sabab – bizda sanoat işlab çiqariş yöq.

«Agar biz sanoat işlab çiqarişni töliq yölga qöysak, bozorni töyintirib göşt mahsulotlarini çiqariş imkoniyati böladi. Sanoat işlab çiqarişni rivojlantirişimiz kerak. Oddiy misol, parranda göşti. Bu ham göşt. Mol göşti qimmatlaşadigan bölsa aholi baribir, ozgina bölsa ham, parranda göştiga ötadi. Vaqtida parranda sohasini rivojlantiriş böyiça bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Aynan parranda sanoat sohasi rivojlandi. Parrandani barça iste'molçilarga, bozorga yetkazib beruvçilar aynan sanoat işlab çiqaruvçilar hisoblanişadi. Parranda sanoati böyiça juda kuçli raqobat vujudga kelgan. Buning natijasida parranda göşti narxi sönggi 5 yil davomida bir me'yorda turibdi. Aynan şu mexanizmni göşt böyiça ham joriy qilişimiz kerak.