«Valensiya» rasmiy saytida boş murabbiy Marselino Toral iste'foga çiqarildi.
Mutaxassis iste'fosi sababi keltirilmagan, ammo avvalroq OAVda «körşapalaklar» prezidenti Piter Lim va murabbiy örtasida ziddiyat yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqalgandi. Tomonlar örtasida muammo kelib çiqişiga esa prezident klubning sportga oid işlariga aralaşişi sabab bölgan.
«Klub Marselinoga ötgan ikki yil mobaynida klubga qöşgan hissasi uçun minnatdorçilik bildiradi. Biz unga kelajakda muvaffaqiyatlar tilaymiz, — deyiladi klub sayti xabarida.
Marselino «Valensiya»ga 2017 yilda boş murabiy bölgandi. Ötgan vaqt davomida u jamoa bilan ikki marta Çempionlar ligasiga yöllanma oldi, ötgan mavsumda jamoa bilan Ispaniya Kubogida ğalaba qozondi.
Ayni vaqtda klubning yangi boş murabbiyi nomi ham aniq. Xulen Lopetegiga Ispaniya milliy jamoasi va «Real»da assistentlik qilgan sobiq futbolçi Albert Selades «körşapalaklar» boş murabbiyi böldi.

Şartnomaga köra, şu vaqtgaça faqat Ispaniya yoşlar jamoalarida boş murabbiy bölib işlagan Selades 2021 yil 30 iyunga qadar «Valensiya»ni boşqaradi. Selades futbolçilik faoliyati davomida ham «Real», ham «Barselona»da öynagan. U faoliyatini Honkongda yakunlagan.
Ispaniya çempionatining joriy mavsumida «körşapalaklar» 3 turda 4 oçko jamğargan holda turnir jadvalida 10-örinni egallab turibdi.
Jamoa şu haftada, 15 sentabr kuni 4-tur doirasida «Barselona»ga qarşi öyin ötkazadi.












