Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 11 sentabr kuni kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantiriş hamda davlat budjetiga kafolatlangan tuşumlarni ta'minlaş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
«Qayd etilganidek, mamlakatimizda kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş, soha sub'yektlarini har taraflama qöllab-quvvatlaş yuzasidan mutlaqo yangi tizim yaratilmoqda. Tadbirkorlikni rivojlantiriş yölidagi köplab byurokratik tösiqlar bartaraf etilmoqda.
Uşbu yangi tizim, yaqinda taşkil etilgan Kiçik biznes va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligining muvofiqlaştiruvçi roli ostida Boş vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonalari, Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, joylardagi hokimlarning birinçi örinbosarlari boşçiligidagi iqtisodiyot kompleksi taşkilotlarining mazkur yönalişda hamjihatlikda izçil işlaşini nazarda tutadi.
Tadbirkorlik sub'yektlariga moliyaviy kömak beriş maqsadida ularga tijorat banklari öziga xos biznes-hamkor bölişini ta'minlaş böyiça yangi konsepsiya amaliyotga joriy qilinmoqda.
Bunday tizimli amaliy çoralar natijasida joriy yilning ötgan 8 oyida 70 mingta yangi tadbirkorlik sub'yekti taşkil etildi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 2 barobarga köpdir.
Şu bilan birga, hududlarda işlatilmayotgan rezerv va imkoniyatlar yetarli. Sohani rivojlantiriş böyiça yangi tizim qanday işlaşi kerakligini joylarda köpçilik rahbarlar hali çuqur anglab yetmayapti.
Boş vazir qabulxonalari taşkil etilganidan keyin ötgan uç oy mobaynida unga 12 mingdan ziyod murojaat kelib tuşgan, ularning asosiy qismi kredit, yer ajratiş va boşqa masalalar bilan boğliq.
Murojaatlarning aksariyati Toşkent, Qaşqadaryo, Andijon, Samarqand viloyatlariga töğri kelgan. Ulardan 9 mingtasi yoki 75 foizi joyida, şundan 40 foizi bevosita tuman darajasida hal bölgan. Bu holat ilgari quyi böğin rahbarlari tadbirkorlik sohasidagi mavjud muammolar bilan umuman şuğullanmaganidan dalolat beradi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Vazirlar Mahkamasiga Kiçik biznes va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi bilan birga Boş vazir qabulxonalariga tadbirkorlik sub'yektlaridan tuşayotgan murojaatlarda kötarilayotgan muammolarni imkon qadar joyida hal etilişini doimiy ravişda muhokama qilib boriş topşirildi.
Şuningdek, markaziy idoralar va vazirliklar rahbarlaridan iborat tarkibda 6ta hududiy Işçi guruhlarini tuzgan holda, tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça yangi tizimni mamlakatning boşqa tuman va şaharlarida joriy etiş, joylarda bu borada işlatilmayotgan imkoniyatlarni safarbar qiliş yuzasidan aniq çoralar belgilab berildi.













