Samarqand viloyatining Bulunğur tumanida yangi suv ombori barpo etilayotganini bilasizmi? Kun.uz muxbirlari işlar qizğin ketayotgan obektda bölişib, özlarini qiziqtirgan savollarga javob olişdi va ulkan quriliş maydonidan fotoreportaj uyuştirişdi.

Muhtaşam obekt Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 maydagi «Samarqand viloyatida Bulunğur suv omborini quriş» loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 413-sonli qarori asosida, Zarafşon daryosi suv resurslaridan foydalaniş va Samarqand viloyatidagi suğoriladigan yer maydonlarini suv bilan ta’minlaşni yanada yaxşilaş maqsadida qurilmoqda.

Obekt qurilişi «Samarqandqurilişinvest» DUK buyurtmasi asosida, «UzGIP» MÇJ loyihasi bilan quriliş işlari boş pudratçi — «Özsuvqurilişta’minot» respublika birlaşmasiga qaraşli «Zarafşonmaxsussuvquriliş» DUK tomonidan amalga oşirilmoqda.

Loyihaning umumiy qiymati 386,8 milliard söm bölib, uşbu mablağning 363,7 milliard sömi quriliş va montaj işlari sarflanadi. 2019 yilning mayida boşlangan quriliş işlarini 2021 yilning yozida tugallaş vazifasi qöyilgan. Ayni paytda işlar grafikdan ortda qolmagan holda bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda.

Ayni paytda 267 nafar işçi, 130 dan ziyod texnika quriliş işlariga jalb qilingan. Işlarni tezlaştiriş, xarajatlarni qisqartiriş maqsadida beton zavodi ham barpo etilgan.

Çunonçi, 31 avgust holatiga kelib 70,3 milliard sömlik quriliş-montaj işlari amalga oşirilgan. Biz borgan çoğimizda suv omborning eng quyi nuqtasida suv qöyib yuboriladigan quvurlarning montaj işlari ketmoqda edi. Şuningdek tuproq işlari bajarilmoqda. Önlab samosvallarga tuproq yuklanib kelinmoqda. Töğon osti joylarida tuproqni ziçlaş kabi işlar amalga oşirilmoqda.