Qirğiziston hukumatining Öş viloyati ma'muriyatidagi vakolatxonasi Özbekiston bilan yer maydonlari almaşilganini ma'lum qildi.

Özbekistonga Öş viloyati Aravon tumanining Töyamöyin okrugidagi, Karkidon suv ombori yonidagi yer maydoni berilgan.

Özbekiston esa Qirğizistonga Gulbahor qişloği yonidagi yerni bergan. Çegaralar demarkatsiyasi joriy haftada ötkaziladi.  

Hududlar almaşinuvi çegarani surişga imkon beradi.

Ikkala hudud ham bir xil maydonga ega – 407 gektardan. Öş viloyati ma'muriyatida ma'lum qilinişiça, hududlar almaşilişi Qirğiziston taşabbusi bilan amalga oşirilgan. 

«Bu almaşinuvga Qirğiziston tomonidan ançadan beri taşabbus bildirib kelingandi. Sönggi muzokaralar vaqtida çegaraning demilitatsiyasi böyiça kelişuvga erişilgandi», deb aytgan Öş viloyati ma'muriyati matbuot kotibi Nurqiz Qodirbek qizi. 

Gulbahor qişloği Aravon viloyatiga kiraverişda, Öş şahriga olib boruvçi yöl böyida joylaşgan. Avval uşbu yölning bir qismi Özbekistonga tegişli bölgan, endi esa u töliq Qirğiziston hududidan ötadi. Avval qirğizistonliklar qöşni qişloqqa Özbekiston hududi orqali ötişlariga töğri kelgan.

Suv omborining butun hududi va sohilböyi Özbekistonga tegişli böladi. Qirğizistonning Karkidon qişloği aholisi suv omboridan çiquvçi daryodan foydalana oladi.

Avvalroq, 10 sentabr kuni Qirğizistonning Aravon tumanidagi Karkidon suv ombori atrofida özbek harbiylari tomonidan tösiqlar örnatilişi mahalliy aholi noroziligiga sabab bölgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Mahalliy hokimiyat Özbekiston bilan yerlar almaşilgani, delimitatsiya yakunlangani, biroq demarkatsiya hali ötkazilmaganini ma'lum qilgan. Barça jarayonlar yakunlanmagunça tösiqlarni örnatiş mumkinmasligi va hukumat işlar töxtatilişiga va'da berişi aytilgan.