Bugun Özbekiston Respublikasi Qonunçilik Palatasi va Senati Kengaşining qöşma majlisida «Töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bağişlangan tadbirlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi qaror bir ovozdan ma'qullandi.
Uşbu qaror bilan nizom loyihasi ham tasdiqlanib, u 2020 yilning 1 yanvaridan kuçga kirişi közda tutilgan.
Unga köra, oilaviy tadbirlar faqat bir kun - ertalabki soat 06:00 dan keçki soat 23:00 gaça ötkazilişi kerak. Dafn etiş marosimi bundan mustasno.
Hududlarning şaroitidan kelib çiqib, oş beriş marosimi vaqti Xalq deputatlari şahar va tuman kengaşlari tomonidan belgilanadi.
Soat 23:00 dan keyin oilaviy tadbirlar ötkazilişiga yöl qöyilmaydi. Oilaviy tadbirlarda 200 nafargaça, mazkur tadbirlar munosabati bilan ötkaziladigan oş beriş marosimlarida 150 nafargaça odam iştirok etişi mumkin.
Qöşaloq töy-haşamlarda 250 nafargaça, u bilan boğliq oş beriş marosimida 300 nafargaça kişi iştirok etişi mumkin.











