Har bir şaharning öz tarixi, betakror xususiyatlari bor. Köhna Qit'aning qadimiy şaharlaridan biri – Polşa poytaxti Varşava şahri ham özining beqiyos jilosi bilan sayyohlarni jalb qiladi. Yaqinda yurtimiz va dunyo jurnalistlari qatorida Kun.uz sayti muxbirlari ham bu muazzam şaharda bölib qaytdilar. Taassurotlar bir olam!



Varşavaga qaçon asos solingani böyiça aniq ma'lumot yöq. Ammo solnomalarda knyazlar öz qarorgohlarini 1281 yilda Visla daryosining yuqori qirğoğiga köçirganlari haqida qaydlar bitilgan. Ayni mana şu hududda bugungi kunda qirollik qasri joylaşganligi hudud tarixi ança köhna ekanligining yana bir isbotidir.
Varşavada “Sredmeste”, “Mokotov”, “Oxota”, “Volya”, “Joliboj”, “Praga Severnaya” va “Praga Yujnaya” kabi ma'muriy hududlar mavjud.



Köplab şaharlar singari Varşavada ham “eski şahar” deya ataluvçi tarixiy maskan bor va u hamişa sayyohlar bilan gavjum. Haşamdor binolar, Sigizmund ustuni, Qirol Qasri va qator obidalar öziga ohanrabodek tortadi. XIII asrda yoğoçdan tiklangan qal'a örnida ulkan qasr bunyod etilganidan söng bu hududda bunyodkorlik işlari jadallaşib ketgan va butun bir şahar böy körsatgan.
1596 yilda poytaxt Krakovdan Varşavaga köçirilganidan keyin bu şaharda yana bir muhim sana qayd etilgan – 1791 yilda mamlakat konstitutsiyasi qabul qilingan.


























