Amaldagi tartiblarga köra, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni xalqaro poçta jönatmalari orqali jönatiş taqiqlangan. Ammo, şunga qaramay, poçta jönatmalari orqali tarkibida psixotrop va narkotik moddalar mavjud bölgan dori vositalarini jönatiş holatlari tez-tez uçramoqda.

Xususan, Toşkent şahar bojxona boşqarmasi xodimlari tarkibida psixotrop va giyohvandlik moddalari mavjud bölgan dori vositalarining respublikamizga noqonuniy olib kirilişiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarliklarini foş qilişdi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda

 Jumladan, “Boş poçtampt” taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan fuqarolar V.M. va O.T. nomiga yuborilgan poçta jönatmalari bojxona körigidan ötkazilganda bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan, tarkibida psixotrop moddasi mavjud bölgan 30 dona “Zolpidem” hamda 60 dona “Fenazepam” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

 Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.