2019 yil 17 iyundagi №PQ-4359 sonli prezident qarori bilan jumladan, tölov-kontrakt asosida ta'lim olayotgan barça bosqiç talabalariga, öz xohişlariga köra tölov-kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz şaklda tölaş huquqi berildi. Bu huquqning berilişi kontrakt asosida öqiyotganlar uçun juda katta yengillik tuğdirdi, şuningdek, ayniqsa, kontrakt tölovlarini oyma-oy bölib tölaş imkoniyati berilgani xalqimiz tomonidan katta xursandçilik bilan qabul qilindi. Uşbu tartiblar joriy etilişi natijasida kontrakt tölovlari oylik iş haqlari oşirilganidan köra köproq foizga oşirilgan bölsada, oşirilgan miqdordagi tölovlarni tölaşning qulay imkoniyati yaratildi. Joriy etilgan uşbu özgarişlar mamlakatimizda davlatimiz rahbari boşçiligida xalqona islohotlar amalga oşirilayotganining yana bir dalilidir.
Biroq, yuqoridagi prezident qarorining jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan loyihasida «tölov-kontrakt asosida ta'lim olayotgan barça bosqiç talabalari stipendiyalardan voz keçiş hisobiga yillik olinadigan stipendiya miqdoriga mos ravişda kamaytirilgan tölov-kontrakt pulini tölaş huquqiga ega böladi» deb yozilgan edi. Şunga qaramasdan, mutasaddi vazirlik tomonidan, barça uçun bir xil miqdorda stipendiya tölaş tartibi joriy etilişi hamda stipendiyasiz kontrakt tölaş ham aynan ana şu miqdordan kelib çiqib amalga oşirilişi böyiça bildirilgan bayonoti bugungi kunda juda köp munozara va e'tirozlarga sabab bölmoqda.
Vazirlik tomonidan e'lon qilingan yangiça tartib talaba va öqituvçilar örtasidagi tamagirlik holatlarining oldini olişiga xizmat qiladi deb izohlanayotgan bölsa-da, stipendiya tölaş tizimi umuman mavjud bölmagan umumta'lim maktablarida, kasb-hunar kollejlarida va hattoki maktabgaça ta'lim muassasalarida ham korrupsiya mavjudligidan, yuqoridagi kabi xulosa qiliş unçalik ham töğri emasligini körsatadi. Şu bilan birgalikda, barça öqituvçilar ham, barça talabalar ham bu kabi noqonuniy işlarga qöl urmaydi. Umuman aytganda, bu kabi noqonuniy holatlarga qarşi ijobiy natija beradigan mavjud tartiblardan voz keçiş evaziga emas, balki nazoratni kuçaytiriş va javobgarlikni oşiriş, adolatli va şaffof baholaş mexanizmlarini joriy etiş kabi vositalar bilan kuraşilgani maqsadga muvofiq.
Stipendiya miqdori talabaning özlaştiriş körsatkiçiga boğliq holda belgilanişi bugungi kundagi talabalar uçun yuqori bilim va baho olişga rağbatlantiruvçi eng muhim omil bölib qolmoqda. Agar barça tölov-kontrakt asosida ta'lim olayotgan talabalar uçun bir xil miqdor belgilanib, öşa miqdordan kelib çiqib tölov-kontrakt pulini kamroq tölaş tartibi joriy etiladigan bölsa, oliy ta'lim muassasalaridagi talabalarning 70-80 foizini taşkil etuvçi tölov-kontrakt asosida ta'lim oluvçi talabalarning yuqori bilim va baho olişini rağbatlantiruvçi eng muhim ta'sir kuçi qöldan boy berilgan böladi. Şuningdek, har yili 1,5-2 trillion sömga yaqin stipendiya mablağlari samarali va maqsadli işlatilişini kamaytiradi.











