Taşqi işlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan “Dunyo” axborot agentligining asosiy vazifalari belgilandi.
Jumladan, sifatli axborot, tahliliy va keng qamrovli materiallar, videoroliklar, telekörsatuvlar, şuningdek Özbekistonda va xorijiy davlatlarda röy berayotgan voqealar joyidan reportajlar tayyorlaş hamda ularni tarqatiş orqali Özbekistonning işonçli va mas'uliyatli şerik sifatida xalqaro nufuzini mustahkamlaşga kömaklaşiş mazkur axborot agentligining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Şuningdek, qaror bilan Agentlik tuzilmasi va Ustavi tasdiqlandi. Agentlikka taşqi işlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.












