2019 yil 16 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasida parlament quyi palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovning Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi raisi Vyaçeslav Volodin boşçiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabariga köra, Özbekiston-Rossiya parlamentlararo munosabatlari kun tartibidagi qator masalalar muhokama qilingan Qonunçilik palatasidagi uçraşuvning maqsadi ikki mamlakat qonun çiqaruvçi organlari örtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirişdan iborat böldi.
Muloqotda qayd etilganidek, Özbekiston jahonning turli mamlakatlari parlamentlari bilan samarali va döstona munosabatlarni örnatilişida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi bilan hamkorlik Oliy Majlis Qonunçilik palatasi faoliyatining strategik yönalişlaridan biri ekani aytiladi.

Muloqot çoğida yuqori martabali mehmonga mamlakatimiz parlamenti, jumladan, Oliy Majlis quyi palatasining qonunçilik faoliyati, qonun ijodkorligi, qömita va fraksiyalarning iş uslublari, şuningdek, parlamentarizm sohasidagi yangiliklar töğrisida sözlab berildi.
Konstruktiv va özaro işonç ruhida keçgan uçraşuvda Özbekiston va Rossiya örtasidagi parlamentlararo aloqalarning kengayişi, uni yangi mazmun bilan boyitiş, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almaşiş masalalari muhokama qilindi. Şu bilan birga, mamlakatlar örtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantiriş, transport-kommunikatsiya, madaniy-ma'rifiy va boşqa sohalardagi aloqalar kölamini yanada kengaytiriş borasida ham fikr almaşildi.
Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi raisi Vyaçeslav Volodin samimiy qabul va suhbat uçun minnatdorlik bildirib, konstruktiv muloqotning kelgusida ham izçil davom ettirilişida özaro manfaatlilik, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlanişida parlamentlararo aloqalarni yanada kengaytiriş va mustahkamlaş, bu yönalişdagi hamkorlikni kuçaytiriş muhim ekanini ta'kidladi.
Muzokaralar yakunida Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi örtasida parlamentlararo hamkorlik haqidagi kelişuvni imzolaş marosimi bölib ötdi.
Rossiya parlamentariylariga Özbekiston Respublikasida navbatdagi parlament saylovlarini kuzatuvçi sifatida iştirok etiş böyiça taklifnomalar taqdim qilindi, deyiladi xabarda.

















