Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlar Mahkamasi apparatida yangi tarkibiy tuzilma tashkil etiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibida qishloq xo‘jaligi ekin yerlari va suvdan samarali foydalanishda raqamli texnologiyalarni joriy etish yuzasidan tarkibiy tuzilma tashkil etish bo‘yicha taklif kiritadi.
Qayd etilishicha, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
qishloq xo‘jaligi ekin yerlari va suvdan samarali foydalanishda raqamli texnologiyalarni joriy etish;
intensiv bog‘lar tashkil etish, bog‘larni avtomatik tarzda boshqarish texnologiyalarini joriy etish, issiqxona xo‘jaliklarida avtomatlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan intellektual texnologiyalarni joriy etish;
chorvachilik va parrandachilik sohasiga robotlashtirilgan, avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan texnologiyalarni joriy etish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash jarayonlariga, logistika va sotish markazlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish;
“aqlli qishloq xo‘jaligi”ni joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.
Mavzuga oid
18:06 / 01.07.2026
Fermerni so‘kayotgan hokimlar “dux”ni qayerdan olyapti?
19:05 / 28.06.2026
“Xohlagan ekinni ekish mumkin” – Yangi tartib fermerga nima beradi?
11:30 / 25.06.2026
Quva tumani hokimi ham fermerni haqoratlagani aytilmoqda
17:20 / 23.06.2026