Ijtimoiy tarmoqlarda maktab öqituvçisi öquvçiga qöl kötargani tasvirlangan video tarqaldi. Samarqand viloyat xalq ta'limi boşqarmasi ma'lumotiga köra, uşbu voqea Urgut tumanidagi 27-umumta'lim maktabida sodir bölgan.

Voqeaga aniqlik kiritiş maqsadida Kun.uz muxbiri mazkur maktabda böldi. Tuman hokimligi, viloyat xalq ta'limi boşqarmasi va tuman xalq ta'limi bölimi rahbarlari, tumandagi jamoat taşkilotlari rahbarlarini şu yerda uçratdik.

Ma'lum bölişiça, voqea joriy yilning 13 sentabr kuni soat 16:25lar atrofida, 7-«V» sinfida matematika darsi vaqtida bölib ötgan.

Öquvçi J.M. darsga e'tibor qaratmay, sinfdoşlari bilan şöxlik qilgan hamda öqituvçiga gap qaytargan. Öqituvçi bu vaziyatda dars öta olmagaç uni öqituvçilar xonasiga olib borişga qaror qilgan. Ammo öquvçi bunga könmagaç, uni urgan.

Ana şu holat tasvirlangan video tarqalgaç, bir qator taşkilotlar vakillaridan iborat, viloyat xalq ta'limi boşqarmasi boşçiligidagi maxsus işçi guruh holatni örganişni boşlagan.

Viloyat va tuman xalq ta'limi tizimi rahbarlari bu işni keskin qoralamoqda. Mahalla faollari va öquvçining onasi esa öqituvçini jazolaş tarafdori emas.

«Qizim öqituvçisi uni urgani haqda menga aytmagan ham edi. Hamma ham yoşlikda ustozidan tanbeh olgan bölsa kerak. Tarbiya topsin deb urgandir, öqituvçi va maktabga men da'vo qilmoqçi emasman. Muhimi, qizim maktabda yaxşi bilim olmoqda», deydi öquvçining onasi Z.P.

Voqea yuzasidan viloyat xalq ta'limi boşqarmasi boşliği Saidahmad Usmonovning fikriga qiziqdik.

«Nima uçun öqituvçini psixolog ham deymiz? Har qança asabiy holat bölmasin u vazmin bölişi, öquvçiga qöl kötarmasligi kerak. Agar biz bugungi voqeani e'tiborsiz qoldirsak, ertaga u yana boşqaçaroq, oğirroq körinişda takrorlanişi mumkin. Biz öqituvçiga ham, şu holat yuzaga kelgan maktab rahbariyatiga ham çora körişimiz şart va şunday qilamiz. Bu masala keng muhokama qilinadi. Viloyatda bu kabi holatlarning oldini oliş çoralarini işlab çiqamiz», — dedi Samarqand viloyat XTB boşliği Saidahmad Usmonov.