Xorazm viloyati, Urganç tumani, Qoramon qişloğida yaşovçi D.Otajonov noqonuniy ravişda qum qazib olib, umumtarqalgan foydali qazilmalardan foydalaniş qoidalarini buzgani ma'lum böldi.
Xorazm viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi tomonidan ötkazilgan reyd tadbirlari natijasida D.Otajonov Urganç tumani, Bekobod qişloği hududidan özining ekskavatori bilan tegişli hujjatlarsiz qum qazib olib, «Yer osti boyliklari töğrisida»gi Qonunning 15-16-moddalari, hamda Özbekiston Respublikasi «Ma'muriy javobgarlik töğrisida»gi kodeksning 70-moddasi 1-qismi talablarini buzgani aniqlandi.

Ma'muriy iş yuzasidan D.Otajonov nisbatan eng kam oylik iş haqining 10 barobari miqdorida, ya'ni 2,2 million söm miqdorida jarimaga tortildi.
Eslatib ötamiz, «Ma'muriy javobgarlik töğrisida»gi kodeksning 70-moddasi 1-qismida foydali qazilmalar joylaşgan maydonlarga özboşimçalik bilan imoratlar quriş, foydali qazilma konlarini ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş hamda kon nazorati organlari bilan kelişmay turib işga soliş, yer osti boyliklaridan foydalaniş talablari va tartibini buziş, yer qa'ridan foydalanişda işlarni olib boriş xavfsizligi talablarini buziş, yer osti boyliklarini muhofaza qiliş qoidalarini va tabiiy muhitni, binolar va inşootlarni yer osti boyliklaridan foydalaniş bilan boğliq bölgan işlarning zararli ta'siridan muhofaza qiliş talablarini bajarmaslik, yer osti suvlari rejimini kuzatiş uçun qazilgan quduqlarni, markşeyderlik va geologik belgilarni yöq qiliş yoki şikastlantiriş, xuddi şuningdek umumtarqalgan foydali qazilmalardan foydalaniş qoidalarini yerga egalik qiluvçilar va yerdan foydalanuvçilar tomonidan buziş kabi qonunbuzarliklar közda tutilgan bölib, fuqarolarga eng kam iş haqining ön baravaridan yigirma baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa öttiz baravaridan ellik baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Kun.uz muxbiri Nurmuhammad Said

















