Yengil sanoatni yanada rivojlantiriş va tayyor mahsulotlar işlab çiqarişni rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida Özbekiston prezidentining qarori qabul qilindi.

Qaror bilan: 

xomaşyoni çuqur qayta işlaş asosida bozor talablaridan kelib çiqqan holda yuqori qöşilgan qiymatga ega töqimaçilik, tikuv-trikotaj, çarm-poyabzal va möynaçilik mahsulotlari işlab çiqariş va eksport qilişning 2020-2025 yillarga möljallangan maqsadli parametrlari; 

2019-2020 yillarda yengil sanoatning töqimaçilik, tikuv-trikotaj, çarm-poyabzal va möynaçilik sohalarini qöllab-quvvatlaş va jadal rivojlantiriş böyiça “Yöl xaritasi” tasdiqlandi.

Hujjatda belgilanişiça,  

a) Özbekiston Respublikasining bojxona çegarasi orqali yarim tayyor çarmni (TIF TN böyiça 4104, 4105, 4106 21 000 0 kodlari) olib çiqişda 2021 yilning 1 yanvaridan boşlab eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 10 foizi miqdorida yiğim undiriladi;

b) Özbekiston Respublikasining bojxona çegarasi orqali paxta ip-kalavalarini (TIF TN böyiça 5205, 5206, 5207 kodlari) olib çiqişda 2021 yilning 1 yanvaridan boşlab eksport qilinadigan har bir kilogramm ip-kalava uçun 0,01 AQŞ dollari miqdorida yiğim undiriladi. 

2020 yil 1 yanvardan boşlab şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:

hisobot davri natijalari böyiça yalpi tuşumning umumiy hajmida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksporti 60 foizdan kam bölmagan eksport uluşiga ega bölgan korxonalar 2023 yil 1 yanvarga qadar mol-mulk soliğini tölaşdan ozod etiladi;

töqimaçilik, tikuv-trikotaj, çarm-poyabzal va möynaçilik sohalari korxonalarining foyda soliği buyiça soliqqa tortiladigan bazasi yetti yil davomida teng uluşlarda zamonaviy tozalaş va kanalizatsiya inşyuotlarini quriş böyiça xarajatlar summasiga kamaytiriladi;

çorva mollarini söyiş böyiça zamonaviy avtomatlaştirilgan majmualarni işga tuşirayotgan taşkilotlar va terini qayta işlovçi korxonalar 2023 yil 1 yanvarga qadar yer soliği tölaşdan ozod etiladi;

“Öztöqimaçiliksanoat” va “Özçarmsanoat” uyuşmalarining xorijiy konsultantlari, şuningdek, töqimaçilik, tikuv-trikotaj, çarm-poyabzal va möynaçilik sohalari korxonalarida mehnat faoliyatini yuritayotgan xorijiy mutaxassislar Özbekiston Respublikasidagi daromad manbalari böyiça jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini uning belgilangan stavkasidan 50 foiz miqdorida tölaydi.