Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bishkek va Dushanbe chegaradagi bahsli hududdan harbiy bo‘linmalarni olib tashlashga qaror qildi
Qirg‘iziston va Tojikiston ikki davlat chegarachilari o‘rtasida qurolli nizo sodir bo‘lgan chegara uchastkasidan harbiy bo‘linmalarni olib ketishga kelishib oldi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib TASS xabar berdi.
"Ikki respublika bosh vazirlari o‘rinbosarlari darajasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida harbiy bo‘linmalarni ortga olishga qaror qilindi", - deb ma'lum qildi agentlik suhbatdoshi.
Tojikiston tashqi ishlar vazirligining ta'kidlashicha, So‘g‘d viloyatining Bobojon G‘ofurov tumanidagi Bahor qishlog‘idagi otishmani Qirg‘iziston boshlagan va voqea joyiga 250-300 harbiyni jalb qilgan.
Dushanbe otishma tojik qishlog‘ining qurollanmagan aholisiga qarshi olib borilganini ta'kidlab, qo‘shni dvlatni ig‘vogarlikda ayblagan.
Ma'lum qilinishicha, mojaro vaqtida Qirg‘iziston tomonidan bir chegarachi, Tojikiston tomonidan 3 chegarachi halok bo‘lgan, har ikki tomondan bir necha kishi yaralangan.
Qirg‘iziston chegara xizmatining ta'kidlashicha, Tojikiston birinchi bo‘lib qurol qo‘llagan va Qirg‘izistondagi ikkita chegara posti – “Maskat” va “Say” postlarini o‘qqa tutgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, hodisaga Tojikiston fuqarolari davlat chegarasining belgilanmagan uchastkasida qurilish ishlarini boshlashlari sabab bo‘lgan. Bunga javoban Qirg‘iziston fuqarosi xuddi o‘sha joyda uyi atrofiga devor urishni boshlagan.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026