Yengil sanoatni yanada rivojlantiriş va tayyor mahsulotlar işlab çiqarişni rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisidagi prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan xomaşyoni qayta işlaş asosida bozor talablariga mos töqimaçilik, tikuv-trikotaj, çarm-poyabzal va möynaçilik mahsulotlari işlab çiqariş va eksport qilişning 2020–2025 yillarga möljallangan maqsadli parametrlari tasdiqlandi.

Şuningdek, qarorga köra, 2021 yil 1 yanvardan:

bojxona çegarasi orqali yarim tayyor çarmni olib çiqişda eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 10 foizi miqdorida;

eksport qilinadigan har bir kilogramm ip-kalava uçun 0,01 AQŞ dollari miqdorida yiğim undiriladi.

2020 yil 1 yanvardan:

yalpi tuşumning umumiy hajmida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksporti 60 foizdan kam bölmagan eksport uluşiga ega bölgan korxonalar 2023 yil 1 yanvargaça mol-mulk soliğini tölaşdan ozod etiladi;

töqimaçilik, tikuv-trikotaj, çarm-poyabzal, va möynaçilik korxonalarining foyda soliği böyiça soliqqa tortiladigan bazasi yetti yil davomida teng uluşlarda zamonaviy tozalaş va kanalizatsiya inşootlarini quriş böyiça xarajatlar summasiga kamaytiriladi;

çorva mollarini söyiş böyiça zamonaviy avtomatlaştirilgan majmualarni işga tuşirayotgan taşkilotlar va terini qayta işlovçi korxonalar 2023 yil 1 yanvargaça yer soliği tölaşdan ozod etiladi; 

“Öztöqimaçiliksanoat” va “Özçarmsanoat” uyuşmalarining xorijiy konsultantlari Özbekiston Respublikasidagi daromad manbalari böyiça jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini uning belgilangan stavkasidan 50 foiz miqdorida tölaydi.