Samarqand viloyati Past Darğom tumani markazi Juma şahridan ötuvçi 4R-46 — «Samarqand-Juma-Kattaqörğon» avtomobil yöli yoqasidagi «Sifat kafolat fayzi» MÇJ direktori Ğiyos Sulaymonov va «Juma avtoboşbekati» MÇJ direktori Nizom Pirnazarovdan Kun.uz tahririyatiga murojaat kelib tuşdi.


Murojaatçilarga köra, Juma avtoboşbekati va Şabboda töyxonasigaça bölgan 4R-46 yölining 330 metr masofasida Past Darğom tuman hokimi Şunqor Xudoyberdiyevning 2019 yil 6 sentyabrdagi 4396-Q sonli qarori bilan tadbirkor Manzura Kalanovaga yengil yiğma konstruksiyadan yasalgan zamonaviy tipdagi gözallik saloni, savdo dökonlari va maişiy xizmat körsatiş şoxobçasi quriş uçun 33 sotix maydon ajratilişi közda tutilgan. Mazkur masalada ötkazilgan komissiya yiğilişi bayonnomasida, ajratilayotgan hududda heç qanday imoratlar va daraxtlar yöqligi ham qayd etilgan.




Holbuki, «Juma Avtoboşbekati» MÇJ rahbari N.Pirnazarov şu yilning 28 avgustida Samarqand viloyat quriliş boşqarmasiga mazkur hududda quriliş işlari olib borişi mumkin-mumkin emasligiga qiziqib, yöllagan murojaatiga viloyat boş arxitektori B.Elmurodov tomonidan rad javob berilgan.

Biroq tuman hokimning yuqorida aytib ötilgan qarorini uşlab olgan yangi tadbirkor hududdagi ekilgan arçalarni kesiş bilan işni boşlagan. Hali loyiha tayyorlamasdan, arxitektura loyiha topşiriğini tasdiqlatmasdan va tegişli organlardan ruxsat olmasdan!



























