Qozoğiston taşqi işlar vaziri lavozimiga Muxtor Tleuberdi tayinlandi. U bungaça vazirning birinçi örinbosari lavozimini egallagan. 

Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev tomonidan imzolangan tegişli farmon prezident saytida joylaştirilgan. 

Toqayevning boşqa bir farmoni bilan bungaça taşqi işlar vaziri lavozimini egallagan Boybut Atamqulov Qozoğistonning sanot va infratuzilmaviy rivojlaniş vaziri lavozimiga tayinlangan. Atamqulov taşqi işlar vaziri lavozimini 2018 yil 26 dekabrdan egallab kelgan.