Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sababsiz darsga qatnamaydigan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ma'muriy javobgarlik belgilanadi
O‘zbekistonda sababsiz darsga qatnamaydigan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ma'muriy javobgarlik belgilanadi. Bu haqda 2019 yil 23 avgust kuni Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida aytilgan.
Qayd etilishicha, Xalq ta'limi vazirligi (Shermatov):
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov) bilan birgalikda bir oy muddatda ijtimoiy hamda mobil operatorlar tarmoqlari orqali ota-onalarning o‘z farzandi tarbiyasidagi mas'uliyatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy xabarlarni yuborishni joriy qiladi;
2019 yil 1 noyabrga qadar tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahridagi umumta'lim muassasalarida o‘quvchilar davomatini nazorat qilish elektron axborot tizimini joriy etadi va ushbu loyihani moliyalashtirishni xususiy sektor investitsiyalari yoki davlat-xususiy sherikligi asosida amalga oshirilishini ta'minlaydi;
tajriba-sinov natijasidan kelib chiqib, 2020 yil 1 martga kadar umumta'lim maktablarida davomatni nazorat qilishning yagona elektron tizimini bosqichma-bosqichma joriy etish orqali sababsiz darsga qatnamaydigan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ma'muriy javobgarlikni belgilash maqsadida tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Adliya vazirligi (Davletov), Xalq ta'limi vazirligi (Shermatov) 2020 yil 1 martga qadar ota-onalarning bola tarbiyasi uchun mas'uliyatini kuchaytirish va javobgarligini oshirish, shuningdek o‘qituvchi sha'ni, qadr-qimmati va obro‘siga putur yetkazuvchi harakatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish va tegishli jazo choralarini qo‘llash mexanizmlarini soddalashtirish maqsadida tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan choralar ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin prezident ta'limdagi achchiq haqiqatlarni tilga olgandi.
Mavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
15:32 / 25.05.2026
Toshkentda o‘quvchini urgan o‘qituvchiga oid jinoyat ishi tugatildi
15:24 / 02.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi
18:53 / 11.03.2026