Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat Raisi: Toshkent «aql»ni eksport qiladigan shahar bo‘lishi kerak
18 sentabr kuni xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 58-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalasi muhokama qilindi. Kengash yig‘ilishida ishtirok etgan Senat Raisi Tanzila Norboyeva Toshkent shahrining o‘ziga xosligi va imkoniyatlari xususida fikr bildirdi.
“Toshkent chin ma'nodagi “aqlli shahar”ga aylanishi kerak. Poytaxtni “aqllarni eksport qiladigan markaz”ga aylantirishimiz lozim. Toshkentda paxta, g‘alla yo‘q. Bu yerda hech kim meva-cheva yetishtirmaydi. Faqatgina biznesni rivojlantirish, intellektual salohiyatni oshirish orqali shaharni taraqqiy ettirish mumkin. Shahar hokimining tadbirkor ekanligi ham bekorga emas”, ─ deydi Tanzila Norboyeva.
Shuningdek, Norboyeva Senatning 22-yalpi majlisida ma'qullangan “To‘y-hashamlarni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tdi.
“To‘y-hashamlarni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun birinchi navbatda Toshkent shahriga taalluqli. Chunki hamma isrofgarchilik, dabdababozlik shu yerdan boshlanadi. Yangi tartibning amaliyotga joriy qilinishini birinchi navbatda Toshkent shahri o‘z namunasida ko‘rsatib berishi lozim. To‘ylarda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikning mohiyati nimada? Odamlar ham ijtimoiy tarmoqlarda yozyapti. Namunali to‘ylarni birinchi galda rahbarlar o‘z misolida ko‘rsatib berishi kerak. Agar qonunlarga birinchi galda o‘zimiz amal qilmasak, karikatura uchun mavzu bo‘lganimiz qoladi”, ─ deydi Senat Raisi.
Mavzuga oid
17:06 / 10.07.2026
Tanzila Norboyeva: Xalqaro reyting va indekslarda munosib o‘rin egallash - bu shunchaki raqam yoki statistika emas
19:55 / 02.07.2026
Tanzila Norboyeva raisligida Surxondaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi muhokama qilindi
20:11 / 25.06.2026
Tanzila Norboyeva mauntinbayk bo‘yicha Osiyo chempionati ishtirokchilarini qutladi
14:08 / 04.06.2026