Tadbirkorlik sub'yektlaridan hujjatlarga muhr bosish talabi bekor qilingan

Foto: Pinterest
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevralda “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4160-son qarori qabul qilindi.
Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi yuriskonsulti A.Boboqulovning yozishicha, qarorga muvofiq joriy yilning 1 martidan boshlab, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik sub'yektlaridan hujjatlarga muhr bosilishi yoki hujjatlarning muhr bilan tasdiqlanishini talab qilish tartiblari bekor qilingan.
Biroq, hozirgi kunda ayrim vakolatli davlat organlari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining hujjatlarini muhr bilan taqdim qilish majburiyatini qo‘yish holatlari hanuzgacha davom etib, biznesda erkin harakat qilishga to‘sqinlik qilish hamon uchramoqda.
O‘z navbatida, Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tadbirkorlik sub'yektlariga xizmat ko‘rsatuvchi va bevosita ular bilan aloqada bo‘luvchi boshqa davlat organlari va muassasalariga yuqoridagi qaror talablarga amal qilishlari yuzasidan eslatma bilan chiqdi.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp saraton kasalligi aniqlangan Baydenni qo‘llab-quvvatladi
Jahon | 09:57
-
Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik aprel oyida barqaror tiklandi
Iqtisodiyot | 09:18
-
Germaniya va Yevropaning uch davlati yetakchilari Tramp bilan Ukrainani muhokama qildi
Jahon | 09:00
-
Xitoy Surxondaryoda avtomobil zavodi qurishi mumkin
Iqtisodiyot | 08:56
Mavzuga oid

15:42 / 29.06.2024
“Elektroset” ogohlantirmasdan svetni o‘chirsa, javobgarlikka tortish taklif etilmoqda - biznes ombudsman

08:08 / 10.06.2024
Toshkentda tadbirkorning 325 mln so‘mini o‘zlashtirgan ekspeditor aniqlandi

19:38 / 08.06.2024
Yakuniy benefitsiarlarni ochiqlash haqidagi qonun taqdiri nima bo‘ldi?

14:34 / 18.03.2022