Qozoğistonning Olmaota şahrida Özbekiston boş konsulligining yangi binosi oçildi.   

Binoning oçilişi tantanali marosimida Qozoğiston taşqi işlar vazirligining Olmaotadagi vakolatxonasi rahbari Yerlan Iskakov, Özbekistonning Qozoğistondagi elçisi Saidikrom Niyozxöjayev, Olmaotadagi boş konsuli Abror Fathullayev iştirok etişdi.

“Bu, şubhasiz, ikki tomonlama taraqqiy etgan munosabatlarimizni körsatuvçi yana bir qadamdir. Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev özining ilk davlat safarini aynan Özbekistonga amalga oşirgan. Unda bir qator kelişuvlar imzolangan, tovar aylanmasi oşirilgan, aloqalarimizni yanada mustahkamlaş uçun yangi vazifalar qöyilgan”, deb aytgan bino oçilişida Saidikrom Niyozxöjayev.

Uning aytişiça, joriy yilda Özbekistonda 2018 yil Qozoğistonda ötgan Özbekiston yilining mantiqiy davomi sifatida Qozoğiston yili ötkazilmoqda. “Bugungi kunda Özbekistonda nafaqat Qozoğistonning madaniyat arboblari, balki işbilarmonlari iştirokida bir qator tadbirlar ötkazilgan”, deb qöşimça qilgan Özbekiston elçisi.

Öz navbatida Yerlan Iskakov yangi bino konsullik-huquqiy va viza masalalarini yuritiş uçun barça xalqaro standartlarga javob berişini va u yoki bu masala böyiça murojaat qiluvçi Özbekiston fuqarolari talablariga javob berişini aytib ötgan.

Statistik ma'lumotlarga köra, 2018 yilda Qozoğistonga 2,5 mln özbekistonlik, Özbekistonga esa 2,3 mln qozoğistonlik taşrif buyurgan. Özbekistoning Olmaotadagi boş konsuli Abror Fathullayevning ta'kidlaşiça, konsullik hisobida Qozoğistonda doimiy yaşaş joyiga ega 50 ming özbekistonlik turadi. Şuningdek, 2020 yilda ikki davlat örtasidagi tovar aylanmasi 5 mlrd dollargaça yetişi mumkin. 

Ayni vaqtda Qozoğistonda özbek kapitali iştirokidagi 1057 ta korxona, Özbekistonda esa  qozoq kapitali iştirokidagi 645 ta korxona faoliyat yuritadi.