2019 yil 19 avgust kuni soat taxminan 05:00da, noma'lum şaxs Bektemir tuman TXAY köçasida joylaşgan «Ma'mura Stom» MÇJ binosi oldida eşiklari oçiq holatda qoldirilgan, fuqaro S.X.ga tegişli bölgan «Matiz» rusumli avtomaşinani olib qoçgan. Bu şaxs tergovçilarning sa'y-harakatlari bilan qölga olindi.
«Sodir etilgan mazkur jinoyat haqida kelib tuşgan xabarga asosan, Bektemir tuman içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasining tergov-tezkor guruhi a'zolari zudlik bilan hodisa sodir bölgan joyga yetib borişgan va hodisa sodir bölgan joy sinçkovlik bilan közdan keçirilib, işga aloqador bölgan dalillar töplanişi natijasida olib qoçilgan avtomaşina şu kuni Çilonzor tuman 16-mavze hududidan texnik soz holatda topilgan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 19 avgust kuni Bektemir tuman IIO FMB 4-son IIB Tergov bölinmasi boşliği kapitan N.Duşayev tomonidan noma'lum şaxsga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, kapitan N.Duşayev va suriştiruvçi leytenant M.Hamidovdan iborat tergov guruhi tuzilgan.
Jinoyat işi böyiça kapitan N.Duşayev va leytenant M.Hamidov tomonidan har tomonlama, töla va xolisona olib borilgan dastlabki tergov davrida jabrlanuvçi va guvohlarning körsatuvlari hamda olib qoçilgan avtomaşinadan olingan barmoq izlarini tekşiriş natijasida mazkur jinoyatni fuqaro R.O. sodir etgani aniqlanib, uşlangan», deyiladi Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida.
Dastlabki tergov jarayonida fuqaro R.O.ga nisbatan JKning 267-moddasi 1-qismi bilan ayblov e'lon qilinib, «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan va dastlabki tergov ayblov xulosasini tuziş bilan tamomlanib, jinoyat işi ayblov xulosasini tasdiqlaş hamda tegişli sudlovga yuboriş masalasini hal qiliş uçun tuman prokuraturasiga yuborilgan.










