Yekaterinburg şahrida boks böyiça jahon çempionatining yarim final bellaşuvlari davom etmoqda.
-81 kilogramm vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Dilşodbek Rözmetov final ostonasida buyuk britaniyalik Benjamin Uitteker bilan bahs olib bordi.
3 raund özining ajoyib harakatlari bilan ajralib turgan Dilşodbek Rözmetov bellaşuvni öz foydasiga hal qildi va final yöllanmasini qölga kiritdi.


Şu tariqa terma jamoamiz vakillari orasida final yöllanmasiga sazovor bölgan boksçilar soni 3 nafarga yetdi. Bungaça -52 kg vazn toifasidagi Şahobiddin Zoirov hamda -57 kg vazn toifasidagi Mirazizbek Mirzaxalilov finalga yöl olgandi.














