Bangkok şahrida boks böyiça Osiyo çempionati doirasidan örin olgan uçinçi kun bellaşuvlari davom etmoqda.
-69 kilogramm vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Bobo-Usmon Baturov bugun turnirdagi ikkinçi jangini ötkazdi. U eronlik boksçi Sajjar Kazemzadapoştiriga qarşi ringga çiqdi va raqibiga heç qanday imkoniyat qoldirmadi.
Bu ğalaba Bobo-Usmon Baturovga çorak final yöllanmasini taqdim qildi.
Baturov turnirdagi iştirokini 19 aprel kuni boşlagan va dastlabki jangida möğulistonlik Bayarku Ganbaatarni nokautga uçratgandi.
Bugun kunduzgi dasturda -81 kilogramm vazn toifasida iştirok etayotgan Dilşodbek Rözmetov ham dastlabki jangini ötkazdi.

U hindistonlik Brijyeş Yadavga qarşi bahs olib bordi işonçli ğalabaga erişib çorak finalga yöl oldi. Rözmetovning yarim final yölidagi raqibi qozoğistonlik Bek Nurmaganbet böladi.

















