Rossiyaning Yekaterinburg şahrida bölib ötayotgan boks böyiça jahon çempionatida Özbekiston boks terma jamoasi yana bir medalga ega böldi.

Özbekiston boks terma jamoasining -81 kg vazn toifasidagi vakili Dilşodbek Rözmetov qozoğistonlik Bekzad Nurdauletovga yutqazdi va kumuş medal bilan kifoyalandi.

Dilşod Rözmetov turnirdagi iştirokini saralaş bosqiçida möğulistonlik Narmandax Şinebayarni yengiş bilan boşlagandi. Şundan keyin u kongolik Pita Kabeji Peter, ruminiyalik Andrei Aradau, ozarboyjonlik Loren Alfonso Dominges va buyuk britaniyalik Benjamin Uittekerni yengib, finalgaça yetib kelgandi.

Katta turnirlarda ilk bor iştirok etgan Bekzad Nurdauletov yarim finalda sensatsion ravişda Rio-2016 Olimpiadasi çempioni Xulio Sesar la Krusni mağlubiyatga uçratib, final yöllanmasini qölga kiritgandi.

Ayni vaqtda Özbekiston terma jamoasi 2ta oltin, 1ta kumuş va bitta bronza medalni rasmiylaştirdi. Bungaça Şahobiddin Zoirov (-52 kg) va Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) oltin, Bobousmon Baturov (-69 kg) bronza medal bilan taqdirlangandi.