Toşkent Gran-pri turnirining ikkinçi kungi bahslarida ikki nafar özbekistonlik Şarofiddin Boltaboyev va Kamoliddin Rasulovlar -81 kgda finalga çiqdi.
-81 kgda tatamiga tuşgan tört nafar özbekistonlikdan uçtasi yarimfinalgaça yetib keldi. Yarimfinalning dastlabki bahsida K.Törayev rossiyalik Abas Azizovdan ustun kelgan bölsa, ikkinçi bahsda Ş.Boltaboyev Muso Sobirovni mağlub etdi. Finalda K.Törayev va Ş.Boltaboyev Gran-pri ğolibligi uçun bellaşadi. M.Sobirov esa uçinçi örin uçun avstriyalik Ş.Burçaşviliga qarşi kuraşadi.
Avvalroq Şarofiddin Boltaboyev xitoylik raqibini ikki soniya içida mağlub etgani xabar qilingan edi.
















