Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jismoniy shaxslar va bojxona xodimlaridan iborat bo‘lgan jinoiy guruh: jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov olib borilmoqda
Joriy yilning 5 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasi hamkorligida Toshkent viloyati bojxona boshqarmasiga qarashli “Yallama” chegara-bojxona postiga tutash hududda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jismoniy shaxslar va bojxona xodimlaridan iborat jinoiy guruh faoliyati fosh etilgan edi.
Ushbu jinoiy guruh a'zolari O‘zbekiston - Qozog‘iston davlat chegarasida joylashgan “Yallama” chegara-bojxona postidan yuk avtotransport vositalarini navbatsiz va tezlashtirgan holda o‘tkazishni va'da qilib, avtotransport vositalari haydovchilaridan hamda tadbirkorlardan tamagirlik yo‘li bilan muntazam ravishda pul olib kelishgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ushbu jinoiy guruh a'zolaridan jabr ko‘rgan fuqarolar (+99871) 259-35-40, (+99890) 950-04-40, (+99897) 443-00-22 telefon raqamlariga murojaat qilishi mumkin.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026