Özbekiston Xalq ta'limi vazirligida Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda vazirlikda ma'lum qilindi.
Xorijiy delegatsiya tarkibiga IJF media direktori va Judo for Peace komissiyasi direktori Nikolas Messner, “Bolalar uçun dzyudo” loyihasi vakili Ester Stam kirgan. Şuningdek, uçraşuvda Özbekiston dzyudo federatsiyasi boş kotibi Doniyor Ilhomov ham iştirok etgan.
Uçraşuv davomida Özbekiston Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov va IJF vakillari Özbekiston yoşlari orasida dzyudo sport turini ommalaştiriş masalalarini muhokama qilişdi.
Uçrşuvda Özbekistonda sportning rivojlanişi uçun katta ahamiyat berilayotgani va maktablarda sport bilan şuğullaniş madaniyatini şakllantiriş lozimligi ta'kidlab ötilgan.
IJF vakillarining ta'kidlaşiça, dzyudoçi or-nomus kodeksi xuşmuomalalik, jasurlik, samimiylik, töğrisözlik, kamtarinlik, özini nazorat qila bilişlik, döstlarga sadoqatli böliş, yon-atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda böliş kabi ijobiy sifatlarni öz içiga oladi.
Uçraşuv davomida “Bolalar uçun dzyudo” loyihasini kengaytiriş masalalari ham muhokama qilingan. Özbekiston dzyudo federatsiyasi bilan amalga oşirilayotgan loyiha Özbekistonning turli hududlaridagi 20 ta maktabni öz içiga qamrab olgan. Bu maktablarda dzyudo seksiyalari oçilib, u yerda 900 öquvçi maşq qiladi. IJF bu maktablarga bepul tatami va kimonolar taqdim qilgan, şuningdek, murabbiylarning iş haqi böyiça sarf-xarajatlarni qoplaydi.
Xalq ta'limi vazirligi va Özbekiston dzyudo federatsiyasi IJF kömagida loyihada iştirok etuvçi maktablar sonini 40 taga yetkazmoqçi. Şu munosabat bilan tomonlar yoşlar örtasida dzyudoni maktablarda sport seksiyalari taşkil etiş bilan ilgari suriş böyiça “yöl xaritasi”ni işlab çiqib, qabul qilişga kelişib olişdi.












