Özbekistonda har yili bitta tumanga 100ta noqonuniy nikoh töğri kelmoqda. Bu raqamni keltirgan senator Enaxon Siddiqovaning fikriça, ba'zida kim tomonidan öqilgani ham noma'lum bölgan ayrim şa'riy nikohlar ajrimlar soni oşişiga ta'sir qilmoqda.

«Noqonuniy şa'riy nikoh uçun ayrim qöşni davlatlarimizda hatto jinoiy javobgarlik ham belgilangan», dedi Siddiqova töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar ötkazilişini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika komissiyasining birinçi majlisida.

Enaxon Siddiqova

Senatorning bu sözlariga Adliya vaziri örinbosari Xudoyor Meliyev munosabat bildirdi.

«Şa'riy nikoh masalasida bitta narsani töğri tuşuniş kerakki, islom dinida nikohni, albatta, imom öqişi şart, degan narsa yöq. Şuning uçun biz bu borada qonun böyiça ham qanaqadir javobgarlik belgilamaganmiz.

Yetarli diniy bilimga ega şaxs nikoh öqişi mumkinligini hisobga olsak, ularga javobgarlik belgilaş unçalik töğri emas», – dedi Adliya vazirligi rasmiysi.

Xudoyor Meliyev

Qayd etiş kerak, Özbekistonda qonuniy nikohdan ötmagan fuqarolarga şa'riy nikoh öqigan şaxslar MJtKning 201-moddasi 2-qismi (Diniy yiğilişlar, köça yurişlari va boşqa diniy marosimlar ötkaziş qoidalarini buziş), 241-moddasi (Diniy ta'limotdan saboq beriş tartibini buziş) va 47(3)-moddasi 3-qismi (Nikoh yoşiga yetmagan şaxs bilan nikoh tuzişga doir diniy marosimni amalga oşiriş) asosida jarimaga tortib kelinadi.

Şuningdek, «Töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bağişlangan tadbirlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi qarorga asosan, oilaviy tadbirlarda diniy mavzuda ma'ruza közda tutilgan bölsa, uşbu ma'ruza din idorasining vakolatli vakili tomonidan öqilişi şart etib belgilangan.