Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xivadagi «Ichan-Qal'a» muzeyi chiptalarini internet orqali sotib olish imkoniyati paydo bo‘ldi

Xiva shahridagi «Ichan-Qal'a» davlat muzey-qo‘riqxonasida chiptalarni internet tarmog‘i orqali va mobil qurilmalari yordamida bron qilish, sotib olish xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda muzey-qo‘riqxona rasmiy sayti xabar bermoqda.
2019 yildan sayyohlikni rivojlantirish, muzeyga tashrif buyuruvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, hisob-kitob ishlarida shaffoflikni ta'minlash, axborot-texnologiyalarini sohaga keng tatbiq qilish, muzeyga tashrif buyuruvchilarning hisobini yuritish va elektron chiptalar sotishni avtomatlashtirilgan tizimini yaratish bo‘yicha loyiha bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda.
Bu tizimning birinchi bosqichi 2019 yil aprel oyida ishga tushirildi va barcha muzeyga tashrif buyuruvchilarga elektron chiptalar sotish yagona chiptaxona orqali yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, sayyohlar uchun mobil qurilmalari orqali to‘lov tizimlaridan foydalanib, chipta narxini masofadan to‘lash xizmati xam yo‘lga qo‘yildi. Natijada chiptaxona oldidagi navbatlar qisqardi, davlat budjetiga tushumlar esa 2-2,5 barobarga oshdi.
Endi barcha sayyohlar uchun masofadan turib muzey chiptalarini xarid qilish va bron qilish tizimi ham ishga tushirildi. Bu qulaylikdan muzey-qo‘riqxona saytidagi interaktiv xizmatlar bo‘limi orqali foydalanish mumkin.
«Ichan-Qal'a» muzey-qo‘riqxonasi O‘zbekiston fuqarolari uchun uchta tarifni taklif qilmoqda.
STANDART-UZ tarifida sayyohlarga qaysi muzeyga kirishni tanlash huquqi berilgan. Bunda kattalar uchun har bir muzeyga kirish narxi 2000-4000 so‘m, bolalar uchun 1000-2000 so‘m qilib belgilangan.
Barcha muzeylarga kirish huquqini beruvchi VIP-UZ tarifi chiptalari kattalar uchun 50 ming so‘m, bolalar uchun 25 ming so‘m qilib belgilangan.
Muzeylarni tomosha qilmasdan, faqat «Ichan-Qal'a» hududiga kirish huquqini beruvchi ECONOM-UZ tarifi chiptalari kattalar uchun 10 ming so‘m, bolalar uchun 5 ming so‘m qilib belgilangan.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
CNN: Pentagon Ukraina uchun qurollarni omborlarga qaytarishi mumkin
Jahon | 13:51
-
Germaniya Isroilga qurol eksportini qisman to‘xtatdi
Jahon | 13:27
-
Hindiston AQShdan qurol xaridini to‘xtatib qo‘ygani haqidagi xabarni rad etdi
Jahon | 13:23
-
Putin Tramp bilan ko‘rishish uchun Amerikaga boradi. Nega Alyaskaga?
Jahon | 13:19
Mavzuga oid

14:47 / 02.08.2025
Xivada xususiy bog‘cha rahbari bolaga jarohat yetkazdi

07:41 / 22.07.2025
Xivada an’anaviy "Qovun sayli" festivali bo‘lib o‘tadi

15:25 / 03.07.2025
O‘zbekiston - Ozarboyjon parlamentlararo forumi – Xivadagi muloqot qanday o‘tdi?

20:30 / 20.05.2025