Kolumbiya prezidenti Ivan Duke Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hukmronligiga çek qöyişga çaqirdi. U Associated Press (AP) agentligiga bergan intervyusida ana şunday fikr bildirdi.
"Nikolas Maduro yovuzlik borasida Slobodan Miloşeviç bilan teng. Bunga çek qöyiş kerak", - dedi u.
Avvalroq Venesuela prezidenti Kolumbiya bilan çegarada 10-28 sentabr kunlari harbiy maşğulotlar ötkazilişini e'lon qilgandi.
Kolumbiya taşqi işlar vaziri Karlos Olmes Truxilo EFE agentligiga bergan intervyusida mamlakat delegatsiyasi BMT boş assambleyasining 74-sessiyasida Karakasning isyonçi taşkilotlar bilan aloqadorligini isbotlovçi dalillarni taqdim etişini ma'lum qildi.

















