Saudiya Arabistoni kompaniyasi O‘zbekistonda yirik elektr stansiyalari quradi
20-21 sentabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo energetika investitsion forumi («MOEIF-2019») bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, forum doirasida bir qator bitimlar imzolandi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va «ACWA Power» kompaniyasi (Saudiya Arabistoni) o‘rtasida O‘zbekistonda Davlat xususiy sherikchilik shartlari asosida quvvati 1250 MVt.ga teng issiqlik elektr stansiyalari va quvvati 1000 MVt.ga teng shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha asosiy shartlar to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.
«O‘zbekneftgaz» AJ bilan «Air Producs» kompaniyasi (AQSh) o‘rtasida Sho‘rtan GKK (GTL zavodi) tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha o‘zaro hamkorlikka doir «Yo‘l xaritasi» imzolandi. Bunda Amerika kompaniyasining loyihaga kirishi ko‘zda tutiladi.
Shuningdek, «O‘zkimyosanoat» AJ bilan ammiak va karbamid ishlab chiqarish bo‘yicha «Yangiyer shahrida kimyoviy kompleksni qurish» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikka oid «Yo‘l xaritasi» imzolangan.
Mavzuga oid

19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor

22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?

22:01 / 13.05.2025
AQSh va Saudiya Arabistoni 600 mlrd dollarlik kelishuvga erishdi

15:27 / 13.05.2025